“TOSHKENT IES” AJ: YANVAR OYI ISHLAB CHIQARISH REJASI 103,2 FOIZGA BAJARILDI
“Toshkent IES” AJ uchun 2024-yilning yanvar oyida 529,3 mln. kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarish rejasi belgilangan bo‘lsa, amalda 546.2 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqilib, reja ko‘rsatkichi 103,2 foizga bajarildi.
Shu davrda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 386,59 g/kVt.soatni tashkil etdi.
Ushbu elektr stansiyasi tomonidan yanvar oyi davomida 9,7 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berildi.
Mamlakatimiz energetika tizimida quvvati jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Toshkent IESda ham ayni kunda 24 soatlik ish rejimi joriy etilgan. Bunda rahbar xodimlar va texnik mutaxassislardan tashkil topgan shtab a’zolari navbatchilik asosida energoqurilmalarda muntazam nazorat tadbirlarini olib bormoqdalar.
“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati